Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

«Baxti toshkentskiy»ning Samarqanddagi odami qamaldi

Nilufar Qobilova 16.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :16

Toshkent shahrida yashovchi, 34 yoshli X.Sh. Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «v» bandi (tovlamachilik) bilan aybdor deb topilib, jazoga tortildi. Bu haqda Jarayon.uz muxbiri ochiq manbalardagi sud hujjatlarini o‘rganib, xabar bermoqda.

Sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi O‘zbekistonda jinoyat olamining norasmiy «obro‘» – «qonundagi o‘g‘ri» nomga ega bo‘lgan «Baxti toshkentskiy» taxallusi ostidagi B.Kudratullaev, uning o‘g‘li B.ning uyushgan guruh rahbarligidan xabar topib, o‘zining bu olamdagi faol a’zosi bo‘lishga kirishgan. Sudlanuvchi erkak B. bilan o‘zaro yaqin munosabatlarga kirib, uning jinoyiy faoliyat olib borishiga xayrixoh sifatida birlashgan.

Qayd etilishicha, u B.Kudratullaev tomonidan Samarqand viloyatiga «polojenets» qilib tayinlangan shaxs rahbarlik qilayotgan uyushgan guruhga qo‘shilgan. Guruh a’zolari Samarqandda «ko‘chani qo‘lga olib», noqonuniy ravishda boylik orttirishni maqsad qilgan va tovlamachilik harakatlarini sodir etib kelgan.

JIB Uchtepa tuman sudining hukmi bilan sudlanuvchi erkakka Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *