Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab elektron hujjatlar rasmiy ravishda tan olinadi

Gulhayo Naimova 16.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :12

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi va boshqa muhim hujjatlarning elektron shakllari rasmiy ravishda tan olinadi. Bu haqda Prezident qarorida belgilangan bo‘lib, hujjatlar endilikda my.gov.uz portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali taqdim etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, pasport, haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik va nikoh haqida guvohnomalar, avtomobil texpasporti, pensiya hujjatlari, talabalik guvohnomasi, diplomlar va boshqa hujjatlarning elektron shakli yetarli bo‘ladi. Banklar, aeroportlar, notarial idoralar va boshqa muassasalar endi fuqarolardan ularning qog‘oz nusxalarini talab qila olmaydi.

Bu o‘zgarish Prezidentning “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “Ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, hujjatlarni raqamlashtirish orqali byurokratiya qisqaradi, fuqarolarning ishi osonlashadi va xizmatlar tezlashadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujjatlarning elektron shakli maxsus QR-kod yoki elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi. Bu orqali har bir hujjatning haqiqiyligini tekshirish mumkin bo‘ladi. Davlat organlari esa kerakli ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali bevosita onlayn oladi.

Shuningdek, “Ijtimoiy karta” tizimi orqali fuqarolarga nafaqa, yordam puli, imtiyozlar va boshqa ijtimoiy xizmatlar avtomatik tarzda tayinlanadi. Ilova real vaqt rejimida ishlaydi va barcha asosiy xizmatlarni birlashtiradi.

Mutaxassislarning aytishicha, bu yangilik davlat xizmatlarini raqamlashtirishdagi muhim qadam bo‘lib, ortiqcha hujjatlar bilan yurish va nusxa olishga ehtiyojni tugatadi. Bu esa oddiy fuqarolar uchun ham, tashkilotlar uchun ham qulaylik yaratadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *