Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

“Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil qilinadi.

Nilufar Qobilova 15.05.20252 daqiqa o'qiladi
195

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim sohasi jadal rivojlandi: 700 mingdan ortiq bola qamrovda bo‘lgan tizim bugun 2,3 million nafar bolani o‘z ichiga olmoqda. Mamlakatda 7 mingta davlat va 31 mingdan ortiq xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda bog‘chalarda faqat parvarish emas, balki ta’limga tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak”, — dedi Prezident.

Yangi o‘quv dasturlar va kasbiy sertifikatlash

Olti yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga deyarli to‘liq qamrab olindi. Kutilishicha, kelasi yilda bu ko‘rsatkich 100 foizga yetadi. Shu boisdan maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim dasturlarini uyg‘unlashtirish topshirildi.

Bu jarayonda Singapurning nufuzli tashkiloti bilan hamkorlikda matematika, tabiiy fanlar va texnologiyalar bo‘yicha tanqidiy va kreativ fikrlashni shakllantiruvchi dasturlar ishlab chiqiladi.

Bog‘cha tarbiyachilari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi, bunda pedagoglarning malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligi mustahkamlanadi.

“Barkamol avlod” yagona tizimga birlashtiriladi

Yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda tumanlarda “Barkamol avlod” maktablari, 14 ta hududda “Yoshlik” sport jamiyati va Respublika o‘quvchi yoshlar markazi faoliyat yuritmoqda.

219 ta “Barkamol avlod” maktabi hozirda atigi 350 ming bolani qamrab olgan, xolos. Shu sababli bu uchala tuzilma yagona tizimga birlashtiriladi, ularning barchasi to‘liq ta’mirlanadi va zamonaviy yo‘nalishlar asosida qayta jihozlanadi.

Yangi to‘garaklar tarkibida xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yo‘nalishlar ochiladi.

O‘quvchi turizmi: 1 million bola sayohatga chiqadi

Yana bir yangilik — o‘quvchilar o‘rtasida ichki turizm rivojlantiriladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkentda kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil qilinadi.

Har yili 1 million nafar o‘quvchini yurt bo‘ylab sayohatga jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Mutasaddilarga qiziqarli turizm to‘plamlarini ishlab chiqish topshirildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *