Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar yetishmaydi: xususiy oliygohlarga yangi talablar belgilanadi
O'zbekiston

Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar yetishmaydi: xususiy oliygohlarga yangi talablar belgilanadi

Nilufar Qobilova 15.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :30

O‘zbekiston Prezidenti ta’lim tizimidagi islohotlar doirasida xususiy oliygohlarda pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayonini tartibga solish zarurligini ta’kidladi.

Bugungi kunda xususiy oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha o‘qiyotgani qayd etildi.

“Agar biz aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglarni ko‘paytirmasak, IT, yashil energetika, sun’iy intellekt, yangi materiallar kabi dolzarb sohalarga kadrlarni qayerdan olamiz?” – dedi Prezident yig‘ilishda.

Shu bois, xususiy oliygohlarda pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari davlat institutlari bilan bir xil bo‘lishi belgilandi. Endilikda bu oliygohlardagi o‘qituvchilar va talabalar tashqi diagnostika asosida baholanadi, natijada xususiy sektor ta’lim sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *