Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekistonda pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan yangilanadi: tizim Termizdan boshlanadi
Jamiyat

O‘zbekistonda pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan yangilanadi: tizim Termizdan boshlanadi

Gulhayo Naimova 15.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :96

Yig‘ilishda pedagogika oliygohlari faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi aytildi. Islohotlar Termizdagi oliygoh misolida boshlab beriladi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Termiz davlat pedagogika instituti faoliyatida xalqaro boshqaruv tamoyillari joriy etiladi. Bu model Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston universiteti tajribasiga asoslanadi.

Rejaga ko‘ra, an’anaviy fakultetlar o‘rniga 6 ta oliy maktab tashkil etiladi: aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha.

Aniq fanlar maktabida Germaniyadagi Myunxen Texnika Universiteti dasturlari tatbiq etiladi. Qolgan yo‘nalishlar esa to‘liq Kembrij universiteti standartlariga muvofiqlashtiriladi.

Islohotlar doirasida institutda o‘qitiladigan fanlar soni 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari esa 31 tadan 17 taga qisqartiriladi. O‘quv yuklamasi 20 foizga kamaytiriladi.

Mahalliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi.

Shuningdek, 3 ta ixtisoslashgan maktab hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab metodik baza sifatida faoliyat yuritadi. Ular zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlanadi.

Tashabbus doirasida oliygohning xorijiy til sertifikatiga ega 20 nafar o‘qituvchisi joriy yilda Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapurda malaka oshiradi.

Kelgusi uch yilda esa institutdagi barcha professor-o‘qituvchilar xorijiy tilni o‘zlashtirib, xorijda malaka oshirish kurslarini tamomlaydi.

Mazkur ilg‘or model kelgusida barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlariga tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Prezident fikricha, bu islohotlar o‘qituvchi tayyorlash sifatini xalqaro darajaga olib chiqadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *