Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Pedagoglarni tayyorlash va baholash tizimi to‘liq isloh qilinadi — Prezident topshirig‘i
O'zbekiston

Pedagoglarni tayyorlash va baholash tizimi to‘liq isloh qilinadi — Prezident topshirig‘i

Nilufar Qobilova 15.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :139

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sifati haqida gapirar ekan, “Taʼlimda sifat boʻlishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor boʻlishi kerak”, deya ta’kidladi. Shu asosda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi belgilandi.

Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etiladi. Bu institut pedagoglarni zamonaviy standartlarga mos ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishda tayanch markazga aylanadi.

Bundan tashqari, Nizomiy nomidagi oliygoh Milliy pedagogika universiteti maqomini oladi va uning rektori pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) tizimiga o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilishi belgilandi. Bu markaz mustaqil ravishda pedagog, talaba va o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash tizimini yuritadi.

Endilikda, yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Bu tizim O‘zbekiston ta’lim sifati va xalqaro reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *