Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Bolalarga mashina boshqarishni topshirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

Nilufar Qobilova 15.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :60

 O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan bolalarga avtomobil boshqarish uchun ruxsat bergan shaxslarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Maktab o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha telefon va ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazmoqda. Bu holat ota-onalar, maktab direktorlari va o‘qituvchilar tomonidan e’tibordan chetda qolmasligi lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, viloyatlarda, xususan Namangan viloyatida yosh o‘quvchilarga mashina ijaraga berish holatlari avj olgani tanqid qilindi. Natijada, har oyda 10-15 nafar yoshlar turli darajadagi tan jarohatlari olmoqda, o‘lim bilan yakunlanayotgan hodisalar ham qayd etilmoqda.

Prezident viloyat va tuman prokurorlari, ichki ishlar boshliqlarini qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganlikda tanqid qildi va bu borada keskin choralar ko‘rilishini bildirdi.

Shu munosabat bilan, bolalarga mashina boshqarish imkonini berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirig‘i berildi.

Biz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida katta o‘zgarishlar qildik. Ammo, haligacha yechim kutayotgan muammolar talaygina,” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tizimli ravishda favqulodda 90 kunlik rejimda ishlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu davrda yoshlarning tarbiyasi, ta’lim sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq natijalarga erishish vazifasi belgilandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *