Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Surxondaryoda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqargani aniqlandi

Gulhayo Naimova 15.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :7

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 7-sinfda o‘qiydigan o‘quvchi onasiga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani boshqarayotgan vaqtda huquq-tartibot organlari tomonidan aniqlanib, unga va uning ota-onasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi, deya xabar bermoqda mahalliy rasmiylar.

Soha mutasaddilarining bayonotiga ko‘ra, bola voyaga yetmagan va haydovchilik guvohnomasiga ega emas. Avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, holat yuzasidan bola ota-onasining javobgarligi ham ko‘rib chiqilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, voyaga yetmagan shaxsning yo‘l harakati qoidalarini buzishiga yo‘l qo‘yganlik uchun ular javobgarlikka tortilgan.

Hodisa ortidan mutasaddi idoralar ota-onalarni farzandlarining xavfsizligi va qonunchilikka rioya qilish masalasida hushyorlikka chaqirmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *