Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Call-markaz ishga tushirildi

Gulhayo Naimova 14.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :30

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) o‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor qabul qilish maqsadida 1520 qisqa raqamli Call-markazini ishga tushirdi.

Call-markaz fuqarolarda tashkilotlarga konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik, davlat chegaralariga tahdid, qurolli kuchlar xavfsizligi, terrorizm va ekstremizm, korrupsiya, noqonuniy qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalari muomalasi, millatlararo adovat va boshqa davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar bo‘yicha xabar berish imkonini beradi.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 150–163, 182, 223 va 246-moddalari bo‘yicha DXX vakolatiga kiruvchi jinoyatlar yuzasidan ham murojaatlar qabul qilinadi.

Rasmiylar murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishini bildirgan. Shu bilan birga, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasiga muvofiq, tuhmat, haqorat yoki yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik belgilangan.

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni befarq bo‘lmaslikka va mamlakat tinchligini saqlashda faol ishtirok etishga chaqirmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *