Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qildi
Jahon

Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qildi

Nilufar Qobilova 14.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :18

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlarda layk bosish va reaksiyalar bildirish uchun jinoiy javobgarlikni bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur hujjat ekstremistik yoki jamoat tartibiga tahdid soluvchi deb topilgan postlarga layk qo‘yganlik uchun jinoyat ishini qo‘zg‘atish amaliyotiga barham beradi. Avvalroq, 2018-yilda Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, internetda terrorchilikka da’vat yoki uni oqlaganlar 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilardi.

Hozircha bu modda asosida sudlanganlar taqdiri qanday bo‘lishi aniq emas. “Ozodlik” bilan suhbatda bo‘lgan advokat Dilshod Jo‘rayev bu holatda sud hukmlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha iltimosnoma kiritishni tavsiya qildi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, Tojikistonda 1,5 mingdan ortiq fuqaro hukumat tomonidan ekstremistik deb baholangan postlarga layk qo‘yganlik yoki fikr bildirganlik uchun sudlangan. Aksariyat hollarda bu chora muxolifatga aloqador yoki unga xayrixoh bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *