Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Afg’oniston Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 yuk mashinasida Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
O'zbekiston

Afg’oniston Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 yuk mashinasida Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

Nilufar Qobilova 14.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :46

2025-yil 13-may kuni Termiz xalqaro savdo markazida O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiy delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston Bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida Afg‘oniston tomonidan Samarqandda qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida yetkazilgan Hirot oq marmari O‘zbekistonga topshirildi.

Afg‘oniston  ushbu marmarni madaniy hamkorlik doirasida sovg‘a tariqasida yuborganini bildirgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Hirot oq marmari o‘zining chidamliligi, haroratga bardoshligi va parvarish qulayligi bilan yirik diniy va tarixiy inshootlar qurilishida keng qo‘llaniladi.

Rasmiylarning fikricha, bu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Imom Buxoriy majmuasini zamonaviy tarzda tiklash loyihasi xalqaro darajada O‘zbekistonning madaniy merosini targ‘ib qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Hozircha tomonlar mazkur hamkorlikning iqtisodiy yoki siyosiy jihatlari haqida qo‘shimcha izoh bermadi.

Imom Buxoriy majmuasi O‘zbekiston hukumati uchun ustuvor loyihalardan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan bu tashabbus doirasida tarixiy qadamjolarni tiklash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *