Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekistonda noqonuniy “Haj” va “Umra” safarlariga joʻnatishga uringan firmalar fosh etildi
Jamiyat

O‘zbekistonda noqonuniy “Haj” va “Umra” safarlariga joʻnatishga uringan firmalar fosh etildi

Gulhayo Naimova 14.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :14

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) bir qator turistik firmalar tomonidan noqonuniy ravishda “Haj” va “Umra” safarlarini uyushtirishga urinish holatlarini aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati 14 may kuni xabar berdi.

Poytaxt Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda, bir turistik firmaning to‘rt xodimi 3 nafar fuqaroni ishchi vizasi orqali Haj safariga yuborish evaziga har biridan 7 ming AQSh dollari, yana bir kishidan esa sayyohlik vizasi orqali yuborish uchun 5 ming dollar talab qilgani fosh etildi. Ular jami 26 ming dollar so‘ragan va 20 mingini olgan paytda qo‘lga olindi.

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida esa bir turistik firma vakili 2 nafar fuqaro uchun Umra safari evaziga 2,400 dollar, 3 nafar fuqaro uchun esa Haj safariga 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Ushbu pullar moddiy dalil sifatida hujjatlashtirildi.

Namananganing o‘zida ikki alohida holat aniqlandi. 1999 yilda tug‘ilgan bir shaxs ijtimoiy tarmoqlarda soxta e’lonlar joylashtirib, 3 nafar fuqaroni chuv tushirgan va ularning har biridan 4,900 dollar olgan.

Chust tumanida esa litsenziyaga ega bo‘lmagan bir firma rahbari 3 kishini Umra safariga yuborishni va’da qilib, 4 ming dollarni olayotganida ushlandi.

Yana bir holatda, Toshkentda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shaxs mas’uliyati cheklangan jamiyat orqali 5 nafar fuqaroni Haj vizasi asosida Saudiyaga yuborishni va’da qilib, 13,500 dollar avans olayotgan paytda qo‘lga olindi.

DXX ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini va tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Rasmiylar fuqarolarga murojaat qilib, Umra safariga chiqishdan oldin tanlangan turistik firmaning Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan ruxsatnoma (litsenziya)ga ega ekanini tekshirishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *