Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Endi Xitoyga vizasiz borish mumkin

Gulhayo Naimova 13.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :13

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 2025-yil 1-iyundan boshlab 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz qatnov rejimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida 2024-yil 1-dekabr kuni Chendu shahrida imzolangan hukumatlararo bitimga muvofiq, fuqarolar kirish, chiqish yoki tranzit maqsadida 30 kungacha bo‘lgan muddatda vizasiz harakatlanishi mumkin. Biroq bu tartib har qanday 180 kunlik davrda jami 90 kundan ortiq bo‘lgan tashriflarga taalluqli emas.

Mazkur rejim mehnat faoliyati, o‘qish, jurnalistika yoki boshqa oldindan ruxsat talab qilinadigan faoliyat turlarini qamrab olmaydi. Tashrif muddati 30 kundan oshsa, kirish vizasi talab etiladi.

Vizasiz tartib Gonkong va Makao kabi Xitoyning maxsus ma’muriy hududlariga nisbatan amal qilmaydi.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *