Shahnoza Mirziyoyeva va uning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov Qo‘qon shahrida 130 yoshda ekani aytilayotgan Huvaydo Umarova bilan uchrashdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi raisi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva bu uchrashuv paytida otasi va onasiga ham uzoq va barakali umr tilaganini yozdi.
“Ular so‘zlab turgan paytda, otam va onamga ham uzoq va barakali umr nasib etishini qalban Allohdan so‘radim,” — deb yozdi u o‘z sahifasida.
Huvaydo momo Umarova uch asrni ko‘rganini aytmoqda, biroq sobiq Sovet davrida berilgan hujjatlarga ishonchsizlik sababli u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilmagan.
Uchrashuv davomida Sh. Mirziyoyeva onaxon sindirib bergan nondan bir bo‘lakni ota-onasi uchun uyiga olib ketmoqchi ekanligini aytib oʻtgan.