Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Buxoro shahridagi avtoturargohda 3 ta mashina yonib ketdi

Gulhayo Naimova 12.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :17

Bugun, 12-may kuni Buxoro shahrida joylashgan avtoturargohda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir nechta avtomobil zarar ko‘rdi. Rasmiylarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmadi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 11:45 atrofida “Fitrat” mahallasi, Mirakon ko‘chasidagi avtoturargohda yong‘in chiqqani haqida xabar olingan. Uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, olovni 12:02ga kelib to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Yong‘inda “Lasetti”, “Kaptiva” va “Neksiya-2” rusumli avtomobillar qisman kuygan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori hozirda o‘rganilmoqda.
Rasmiylar jabrlanganlar yo‘qligini tasdiqladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *