Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Britaniyada Cherchill haykali ustiga chiqqanlar endi qamalishi mumkin

Gulhayo Naimova 12.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :12

Buyuk Britaniyada Uinston Cherchillning Londondagi Vestminster maydonida joylashgan haykali ustiga chiqish endi jinoyat hisoblanadi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Yvette Kuper ma’lum qildi.

Yangi qonunlarga ko‘ra, haykalga chiqish yoki uni namoyish maydonchasi sifatida ishlatganlar uch oygacha qamoq yoki 1 000 funtgacha jarimaga tortilishi mumkin. Ushbu o‘zgartirishlar “Jinoyat va politsiya” qonun loyihasiga kiritiladi.

Bronzadan ishlangan 12 futli (3,7 metr) haykal 1973-yilda Cherchillning rafiqasi Klementina tomonidan ochilgan. So‘nggi yillarda u turli namoyishlar, jumladan 2024-yil aprel oyida transgender huquqlari aksiyalarining nishoniga aylangan.

Hozirgi qonunga ko‘ra, faqat haykalga zarar yetkazganlar javobgarlikka tortilishi mumkin. Yangi tartib esa faqat chiqish faktining o‘zini ham jinoyat deb baholaydi.

Bosh vazir Kir Starmer bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, “Cherchill — millat qahramoni, uning haykaliga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish jamiyat uchun muhimdir.”

Ichki ishlar vazirining ta’kidlashicha, bu chora mamlakatdagi yodgorliklarni himoya qilishga qaratilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *