Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Nyu-Yorkda O‘zbekiston fuqarosi jinsiy zo’ravonlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Nilufar Qobilova 12.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :16

AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari 2025-yil 28-aprel kuni 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi U. D.  Staten-Aylend orolida hibsga oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi AQSh hududida noqonuniy ravishda yashab kelgan va unga bir qator og‘ir jinsiy jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Unga nisbatan quyidagi ayblovlar ilgari surilgan:

  • Jismoniy zarar yetkazish maqsadida hujum qilishga urinish
  • Jinsiy zo‘ravonlik (rozi bo‘lmasdan jinsiy aloqaga majburlash)

Fuqaro 2022-yil 28-dekabr kuni Arizona shtatining Lukvil yaqinida AQSh–Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tganda AQSh chegara xizmati tomonidan qo‘lga olingan va deportatsiya jarayoni boshlangan. 2023-yil 28-iyulda immigratsiya sudi uning AQShdan chiqarib yuborilishini belgilagan edi.

2024-yil 19-fevral kuni u Qvins okrugi jinoyat sudida yuqoridagi ayblovlar bo‘yicha sud oldida javob bergan. ICE uni saqlash bo‘yicha talab yuborgan bo‘lsa-da,  20-fevral kuni ICEga xabar qilinmasdan va saqlash talabini bajarmasdan qo‘yib yuborilgan.

Oradan uch oy o‘tib, ICE va Milliy xavfsizlik xizmati agentlari tomonidan U.D. Staten-Aylendda qo‘lga olindi va ICE maydoniy ofisiga yetkazildi. Hozirda u hibsda saqlanmoqda.

Tergov ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *