Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Nogironligi bo‘lganlarni ishga olgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Nilufar Qobilova 12.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :14

2025-yil 1-iyundan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha subsidiya beriladi. Bu prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Asosiy maqsadlar:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;

  • Ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish va mehnat bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlash;

  • 2025-yil oxirigacha 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning barqaror bandligini ta’minlash.

Subsidiya nima uchun ajratiladi?

  • Surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatlarini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun;

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan har bir xodim uchun 6 oy davomida ishlangan har bir oy uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida qo‘shimcha subsidiya beriladi.

Yana qanday yangiliklar bor?

  • Nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

  • Aeroport, vokzal va avtoshohbekatlarda jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.

  • Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.

Mazkur chora-tadbirlar nogironligi bo‘lgan insonlarning hayot sifati va bandligini oshirishga qaratilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *