Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Kosmos-482: 50 yildan ortiq orbitada qolgan kosmik apparat nihoyat Yerga quladi

Gulhayo Naimova 10.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :29

1972-yilda Venera sayyorasini o‘rganish maqsadida uchirilgan “Kosmos-482” nomli sovet kosmik apparati nihoyat o‘z parvozini yakunladi. Yarim asrdan ortiq vaqt davomida Yer atrofida harakatlangan ushbu sun’iy yo‘ldosh 2025-yilning 9-may kuni Moskva vaqti bilan soat 9:24 da Hind okeaniga qulab tushdi.

“Roscosmos” tarkibidagi markaziy ilmiy-tadqiqot instituti – TsNIIMash tomonidan bildirilishicha, apparatning atmosferaga kirib borishi va Yerga qulash jarayoni to‘liq nazorat ostida bo‘lgan.

Avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimlari bu holatni oldindan kuzatib borgan va ehtimoliy xavf tug‘ilmasligiga kafolat bergan. Qulash nuqtasi – Andaman orolining 560 km g‘arbiy hududi, ya’ni Indoneziyaning Jakarta shahri yaqinidagi Hind okeani suvlari hisoblanadi.

Aslida “Kosmos-482” apparati Venera sayyorasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ilmiy maqsadlarda ishlatilishi kerak edi. Biroq, parvoz vaqtida yuzaga kelgan nosozlik sababli uning kuchaytiruvchi bloki ishdan chiqadi va apparat sayyora tomon uchib keta olmaydi. Natijada u Yer atrofidagi yuqori elliptik orbitada qolib ketadi va yillar davomida asta-sekin Yerga yaqinlasha boshlaydi.

“Kosmos-482” – insoniyatning kosmosni zabt etish yo‘lidagi ilk qadamlaridan biri bo‘lib, u hatto muvaffaqiyatsiz bo‘lgan taqdirda ham kosmik texnologiyalar tarixida o‘z o‘rniga ega. Uning 50 yildan ortiq vaqt mobaynida orbitada saqlanib qolishi, texnologik jihatdan hayratlanarli holat sanaladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *