Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston va Rossiya 2026–2030 yillar uchun harbiy strategik sheriklik rejasi imzoladi
O'zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya 2026–2030 yillar uchun harbiy strategik sheriklik rejasi imzoladi

Nilufar Qobilova 10.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :25

O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Shuxrat Xolmuhammedov va Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov bugun Moskvada uchrashib, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy strategik sheriklik dasturini imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni chuqurlashtirish, texnik hamkorlikni mustahkamlash va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik doirasini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya tomoni O‘zbekiston SSRning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Belousov o‘z nutqida:

“O‘zbekiston xalqi g‘alaba uchun ulkan qurbonliklar bergan, bu tarixni biz hech qachon unutmaymiz,” — dedi.

Shuningdek, O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi 9-may kuni Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok etdi. General-mayor Xolmuhammedov, Rossiya tomoniga mehmondo‘stlik va o‘zbekistonlik harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Mazkur hujjat avvalroq Toshkentda 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi doirasida boshlangan muzokaralarning davomi sifatida baholanmoqda. U ikki tomonlama harbiy ishonchni mustahkamlash yo‘lida navbatdagi strategik qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *