Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) qutqaruvchilari Yunusobod tumanidagi xonadonga kirib olgan ilonni tutib, zararsizlantirishdi.
FVB matbuot xizmatining xabar berishicha, “112” qisqa raqamiga “Xolis” ko‘chasida joylashgan uylardan birining ichiga ilon kirib olgani va yordam zarurligi haqida murojaat kelib tushgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar ilonni ehtiyotkorlik bilan tutib, maxsus idishga joylashtirishgan. Rejimga muvofiq, jonivor keyinchalik ochiq tabiatga qo‘yib yuborilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.