8-maydan 9-mayga o‘tar kechasi Samarqand shahri, “Bog‘isaroy” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda kuchli portlash yuz berdi. Hodisa gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, portlash uyning 1, 2, 3-qavatlari hamda yerto‘la qismini jiddiy zararlagan. Temir-beton konstruksiyalar qulab tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan qutqaruv xizmatlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Hozirda tergovoldi surishtiruv ishlari davom etmoqda.