Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

G‘alaba bog‘ida – xalq jasoratiga ehtirom

Gulhayo Naimova 08.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :19

2025-yilda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi va 9 may — Xotira va qadrlash kuni O‘zbekistonda keng nishonlanmoqda. Bu sana xalqimiz tarixidagi mashaqqatli, ammo g‘ururli davrni esga soladi. U orqali tinchlik va osoyishtalikning asl qiymatini teranroq anglaymiz.

Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurdi. U yerda o‘tkazilgan xotira marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar xodimlari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi. Tantanada “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi.

Bog‘ hududida joylashgan yodgorlik va timsollar urush yillaridagi fojialarni, xalqimizning fidoyiligi va jasoratini eslatadi. Aynan shu yerda urush faxriylariga, ularning mardonavor xizmatiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom namoyon etiladi.

Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, urushga O‘zbekistondan 2 millionga yaqin kishi jalb etilgan. Ulardan 540 ming nafari halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i fashistik lagerlarda hayotdan ko‘z yumgan. 60 mingdan ziyodi nogironlik bilan qaytgan. 214 mingdan ortiq o‘zbekistonlik jangchilar esa jasorati uchun davlat mukofotlariga loyiq topilgan.

Urush yillarida O‘zbekiston front uchun tayanch bazaga aylangan. Og‘ir sharoitlarga qaramay, xalqimiz frontga oziq-ovqat, kiyim-bosh, qurol-yarog‘ yuborgan. Eng ezgu insoniy qadriyat – mehr-oqibat namoyon bo‘lib, 1,5 millionga yaqin evakuatsiya qilingan inson, jumladan 250 mingdan ortiq etim bolalar bag‘riga olindi.

— Bu tarixiy jasoratni hech qachon unutmasligimiz, uni yosh avlodga yetkazishimiz zarur. Tinchlikning qadriga yetish va Vatan himoyasiga doimo tayyor turish — har bir fuqaroning burchidir, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.

Prezident, shuningdek, “Xotira nuri” nomli kompozitsiyani ko‘zdan kechirdi. Ushbu zamonaviy san’at asari urush yillari frontda va orqada fidokorona xizmat qilgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan. Parvoz qilayotgan ikki qush shaklidagi monument avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ifodalaydi. Yodgorlikda QR-kod o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar bu orqali “Xotira nuri” kitobini yuklab olishlari va majmua haqida qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Xotira va qadrlash — bu nafaqat o‘tmishni eslash, balki bugungi tinchlik uchun minnatdorchilik bildirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim vositasidir.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *