AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp va FIFA rahbari Janni Infantino Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiyaning 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi ehtimoli yuzasidan fikr almashdi.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino o‘rtasida Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiyaning xalqaro futbol musobaqalaridagi ishtiroki, xususan 2026-yilgi Jahon chempionatidan chetlatilishi masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida jurnalist Trampdan Rossiyaning musobaqadan chetlatilgani haqida so‘radi. Tramp esa bu holatdan xabardor emasligini bildirgan va bu borada Infantino mas’ul ekanini ta’kidlagan.
Infantino esa quyidagicha izoh berdi:
“Rossiyaning JCH–2026’da ishtirok etmasligi hozirda haqiqat. Umid qilamizki, vaziyat o‘zgaradi, tinchlik qaror topadi va Rossiya yana Jahon chempionatida qatnashadi.”
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning fevralida FIFA va UEFA tomonidan Rossiya futbol jamoalari va klublarining barcha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.