«Andijon» Toshkentda tarixiy g‘alabaga erishdi: «sherlar» jamoasi mavsum startidagi besh o‘yindan to‘rttasida mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalining ikkinchi qismida qolmoqda.
11–13 aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 5–tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mash’al – Neftchi 1:4
Gollar: Abduraimov 45+3 – Toshmirzayev 6, Iskanderov 43, Jokich 58, G‘ofurov 90.
Mash’al – To‘xtaboyev (Hamroyev, 46), Salifu, Abdualimov, Abduraimov, G‘anixonov (Baratov, 62), Aliqulov, Murodov (No‘’monov, 46), Mamatxo‘jayev, Ismoilov, Norbekov (Murtozoyev, 54), Fayziyev.
Neftchi – Ergashev, Yo‘ldoshev, Ismoilov, Iskanderov, Boltaboyev (Aliboyev, 90+2), G‘ofurov, Ubaydullayev, Jokich, Marushich (Tabatadze, 66), Sayfiyev, Toshmirzayev.
Ogohlantirishlar: Mamatxo‘jayev 45+2, Salifu 51, Boltaboyev 68.
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda «Neftchi» Olmaliqda «Mash’al» bilan kuch sinashdi.
Tarkib va tajriba jihatdan ustunroq bo‘lgan farg‘onaliklar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasini nishonladi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Jamshid Iskanderov burchak jarima zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri golga aylantirdi.
Mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan (2 g‘alaba va 3 durang) «Neftchi» 9 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash’al» 3 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.