Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Tramp yangi dasturni e’lon qildi: Noqonuniy migrantlar pul va chiptalar bilan vatanga qaytariladi
Jahon

Tramp yangi dasturni e’lon qildi: Noqonuniy migrantlar pul va chiptalar bilan vatanga qaytariladi

Muharrir 16.04.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :65

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlar uchun “o‘zini o‘zi deportatsiya qilish” dasturini ishga tushirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Tashabbusga ko‘ra, muhojirlarga AQSHni ixtiyoriy tark etish uchun aviachiptalar va oz miqdorda pul mablag‘i taklif etiladi. Trampning aytishicha, ushbu dasturni tanlab, o‘zini yaxshi tutgan migrantlar keyinchalik AQSHga qonuniy tarzda qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

“Biz ularga ozgina pul va samolyot chiptasini beramiz. Keyin ular bilan ishlaymiz. Agar ular o‘zlarini yaxshi tutsalar va biz ularning qaytishini istasak, ularni iloji boricha tezroq qaytarishga harakat qilamiz,” — dedi siyosatchi.

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi mazkur tashabbusni targ‘ib qilish uchun reklama kampaniyasini ham yo‘lga qo‘ydi. Tramp ma’muriyati esa mamlakat tarixidagi eng yirik deportatsiya kampaniyasini rejalashtirmoqda — yiliga bir milliongacha noqonuniy muhojirni mamlakatdan chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Taxminan 11 million noqonuniy migrantdan iborat aholining deportatsiyasi esa huquqiy va moliyaviy to‘siqlarga duch kelishi mumkin.

Shu bilan birga, AQSHda “CBP Home” nomli mobil ilova ishga tushirildi. Ilova migrantlarga hibsga olinmasdan, mamlakatni ixtiyoriy tarzda tark etish imkonini beradi va bu orqali ularning keyinchalik qonuniy asosda qaytish yo‘li ham ochiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning ta’kidlashicha, xorijdagi elchixonalar mamlakat fuqarolariga, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, har tomonlama yordam ko‘rsatadi. 2025-yil boshidan buyon Nyu York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7 nafar, mart oyida esa yana 10 nafar o‘zbekistonlik AQSHdan qaytarilgan. Hozirda deportatsiya ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari soni 975 kishiga yetgan.

2023-yil sentyabrdan 2024-yil sentyabrgacha esa AQSHdan jami 572 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga deportatsiya qilingan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *