Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Haydovchilarning mehnat va dam olish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik belgilandi

maxresdefault 3

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

 

Unga ko’ra:

 

— Endilikda xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzganligi BHMning 7 baravari (2 mln 884 ming so’m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;

 

— Haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq bo’lganda yoki 400 km va undan ortiq masofaga yo‘lovchi va yuklarni tashishda mehnat va dam olish rejimi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi;

 

— Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 145, 146-1, 176-4-moddalarida, ya’ni yo‘lovchilarni chiptasiz tashiganlik, tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganlik uchun jarimaning aniq miqdori belgilandi;

 

— Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 113-1-modda bilan to‘ldirildi. Bunda tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida va talablarni buzganlik uchun mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 10 baravari (4 mln 120 ming so’m) miqdorida jarima solinadi.