Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yettinchi marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 28-noyabr kuni “Istiqlol” stadionida Samarqandning “Dinamo”si bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, Superligada chempionlikni muddatidan oldin kafolatladi. Farg‘ona viloyati hokimligi buni jamoaning o‘z tarixidagi yettinchi chempionligi deb e’lon qildi.

