Nuroniylar poyezd chiptasini 30-noyabrgacha 20 foiz arzon olishi mumkin
Ayollar 55, erkaklar 60 yoshdan oshgan nuroniylar 30-noyabrgacha poyezd chiptasini 20 foiz chegirma bilan olishi mumkin. Chegirma “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida beriladi va unga atigi bir necha kun qoldi.

