Isitish yordami 893 ming oilaga to‘landi, 75,9 ming oilaga karta chiqarilmoqda
Isitish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam ro‘yxatiga 969,3 ming ehtiyojmand oila kiritildi. Shundan 893,4 mingtasiga pul o‘tkazildi, bank kartasi bo‘lmagan 75,9 ming oila uchun karta chiqarilmoqda.

