Davlat buyurtmachilari 1-dekabrdan xarid rejasini tovar tavsifi bilan e’lon qiladi
2026-yil 1-dekabrdan davlat xaridlarining reja-jadvallari tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiyatlari to‘liq ko‘rsatilgan holda maxsus axborot portalida e’lon qilinadi. Bu haqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rasmiy Telegram kanalida xabar berdi.

