Prezident chorvachilik ozuqasini 90 million tonnaga yetkazish taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni chorvachilikda ozuqa bazasini rivojlantirish taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda ozuqa ishlab chiqarishni hozirgi 48 million tonnadan 2027-yilda 64,5 million tonnaga, 2030-yilda esa 90 million tonnaga yetkazish taklif qilindi.

