Jizzaxda noqonuniy chiqindi va daraxt kesishni 1051 raqamiga xabar qilish mumkin
Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi 1051 qisqa raqamli ekologik xizmatni ishga tushirdi. Noqonuniy chiqindi tashlash, daraxt kesish, suv va havo ifloslanishi haqidagi murojaatlar shu raqam orqali 24 soat davomida qabul qilinadi.

