Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Ekspert: Telefon firibgarligining yangi usuli paydo bo‘ldi

So‘nggi paytlarda telefon orqali amalga oshiriladigan firibgarlikning yangi usullari paydo bo‘lmoqda.

 

Iqtisodiy ekspert Yuliy Yusupovga ko‘ra, bunday qo‘ng‘iroqlarda o‘zini huquq-tartibot organi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs fuqaro nomidan bank krediti rasmiylashtirilgani haqida ma’lumot beradi.

 

Bu jarayonda fuqaroning pasport va bank kartasi nusxalari, shuningdek, ishonchnoma taqdim etilgani aytiladi.

 

Keyin “qaysi bank sizning ma’lumotlaringizni berganini aniqlashimiz kerak” degan vaj bilan fuqaroning oxirgi marta qaysi bankka pasport ma’lumotlarini topshirganini so‘raydi.

 

Ayni jarayonda ekspert vaziyatdan shubhalanib, qo‘ng‘iroq qilganlarga nega aynan bank orqali ma’lumotlar tarqalgan deb o‘ylashayotganini va kredit olish uchun taqdim etilgan kartada qaysi bank nomi ko‘rsatilganligini so‘ragan.

 

Bu savollarga javob bera olmagan “xodim” esa suhbatni shu joyda yakunlagan.

 

Ta’kidlash lozim, rasmiy organlar yoki banklar telefon orqali hech qachon hisob raqamlari, karta ma’lumotlari yoki SMS-kodlarni so‘ramaydi.

 

Shunday qo‘ng‘iroqlarga duch kelganlar darhol suhbatni yakunlashi, hech qanday ma’lumot bermasligi va faqatgina rasmiy manbalar orqali bank bilan bog‘lanishi kerak.