Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Jizzaxda o‘qituvchilikka kirish uchun “narx belgilagan” maktab rahbari fosh boʻldi

Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 16-umumta’lim maktabi rahbarlaridan biri o‘qituvchilarni ishga joylashtirish evaziga pora talab qilganda qo‘lga olindi, deya xabar berdi viloyat IIB.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lum qilishicha, ayol ikki pedagogdan jami 16 million so‘m so‘ragan. Ulardan biri ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng tekshiruv o‘tkazilgan.

Maktab rahbari pora sifatida puldan tashqari imtihon test savollarining javoblarini ham taqdim qilgan.

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxsd 11 million so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Rasmiylarga ko‘ra, u avvalroq 5 million so‘m olgan boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (katta miqdorda pora olish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.