154
Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi Rossiyaning yuqori martabali harbiysiga qarshi teraktga tayyorgarlik ko‘rdi. Bu haqida “FSB” ma’lum qildi.
Rossiya xavfsizlik xizmati da’vosiga ko‘ra, fuqaro Ukraina maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan Rostov shahrida hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan.
Ayblanuvchi kvartira ijaraga olgan va terakt uyushtirish uchun harbiyning manzilini aniqlagan. Tintuv davomida trotil ekvivalenti 400 gramm bo‘lgan qo‘lbola portlovchi qurilma topilgan.