Navoi shahridagi bog‘da, 30-iyun kuni karusellarda sayr qilayotgan qizlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, u janjal bilan yakunlandi. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, Ombudsman ofisi bu holatga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 30-iyun kuni fuqarolar J.X. (2004-yilda tug‘ilgan) va T.D. (2006-yilda tug‘ilgan) Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida o‘zlariga notanish bo‘lgan 4 nafar voyaga yetmagan qiz bilan karuselda uchish vaqtida, o‘zaro nomunosib muomila tufayli janjal yuzaga kelgan. Natijada, J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.
Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
