1-iyuldan boshlab, yo’lovchilar ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun elektron versiyalardagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, yo’lovchilar my.gov.uz yoki “Ijtimoiy karta” ilovasiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tishlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni elektron shaklda ro‘yxat o’tish joyida agentga ko‘rsatishlari zarur.
Aeroportda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ro‘yxatdan o‘tishda skrinshotlar, suratlar yoki qog‘oz nusxalari qabul qilinmaydi. Faqatgina ilovalarda mavjud bo‘lgan dolzarb ma’lumotlar tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.
Shuningdek, bugundan boshlab raqamli hujjat nusxalari banklarda, notarial idoralar, aeroportlar, vokzallar va davlat xizmatlarini taqdim etishda qabul qilinadi.