Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Dehqonobod tumani hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Dehqonobod tumani hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi oʻrinbosari pora olayotganda qoʻlga olindi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Rasmiylarga koʻra, hokim oʻrinbosari mahalliy fermerning ishonchiga kirib, 2024-yilgi 300 kilogramm pillani topshirish rejasini yopib berish evaziga undan 21 million soʻm pora so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U pullarning 7 million soʻmini xizmat xonasida olayotganida qoʻlga tushgan. Pora pullari daliliy ashyolar sifatida rasmiylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi (pora olishga suiqasd) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Sud tomonidan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat