Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • O'zbekiston
  • O‘zbekistonda 267 dona qadimiy taqinchoqni noqonuniy olib chiqish holatiga chek qo‘yildi
O'zbekiston

O‘zbekistonda 267 dona qadimiy taqinchoqni noqonuniy olib chiqish holatiga chek qo‘yildi

Gulhayo Naimova 09.06.20251 daqiqa o'qiladi
82

Surxondaryo viloyatining “Sariosiyo” chegara bojxona postida bir fuqaroning yuklari orasidan 267 dona qadimiy taqinchoq aniqlanib, noqonuniy olib chiqish harakati to‘xtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilgan va tekshiruv davomida u og‘zaki so‘rovda ko‘rsatmagan, tarixiy qiymatga ega bo‘lgan taqinchoqlar topilgan.
Badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan 39 dona osma bezak ko‘rinishidagi kumush tangalar 19-asrda Buxoro amirligida zarb qilingan. Qolgan buyumlar esa 19-asr oxiri – 20-asr boshlariga oid bo‘lib, ularning barchasi madaniy boylik sifatida baholandi.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, yasalganiga 50 yil va undan ortiq vaqt o‘tgan madaniy boyliklarni mamlakat hududidan olib chiqish taqiqlanadi.

Topilgan ashyolar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovoldi tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *