Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Huquq va xizmatlar 1 daqiqa o'qish

Toshkentning ayrim koʻchalarida 10-iyun kuni yoʻl harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentning ayrim koʻchalarida 10-iyun kuni yoʻl harakati vaqtincha cheklanadi

2025-yil 10-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Qatar terma jamoalari oʻrtasida futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvi munosabati bilan Chilonzor tumanining qator koʻchalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 16:00 dan boshlab musobaqa toʻliq yakunlangangunga qadar quyidagi yoʻnalishlarda transport harakati to‘liq to‘xtatiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Choʻponota koʻchasi: Chilonzor va Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Choʻponota – Qatortol koʻchalari kesishmasigacha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chilonzor koʻchasi: Chilonzor va KXAY koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Muqimiy koʻchalari chorrahasigacha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunyodkor 2-darajali koʻchasi: KXAY koʻchasidan Muqimiy koʻchasigacha boʻlgan qismi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, tadbir davomida quyidagi koʻchalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Alisher Navoiy – Furqat koʻchalari chorrahasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sebzor – Ganga koʻprigidan Furqat koʻchasi tunneliga tushish yoʻli;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Zarqaynar koʻchasi tunnelga tushish yoʻli;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunyodkor koʻchasi: Kamolon koʻprik ostidagi qism;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunyodkor koʻchasi: Ozarboyjon elchixonasi yaqinidagi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qatortol – Cho‘ponota koʻchalari chorrahasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chilonzor – Cho‘ponota koʻchalari chorrahasi (bir necha joyda);⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunyodkor – KXAY koʻchalari chorrahasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunyodkor 2-darajali yo‘li – Qatortol koʻchalari chorrahasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunyodkor – Gavhar koʻchalari chorrahasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

TXAY – Bunyodkor koʻchalari chorrahasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Erkin YPX postidan og‘ir yuk mashinalarining oʻtish yoʻli;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Cho‘ponota – Shota Rustavelli koʻchalari chorrahasi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiylar yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilarga aylanma va yondosh yo‘llardan foydalanishni tavsiya etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠