Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Oʻzbekistonda 10–16 iyun kunlari togʻoldi hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

Gulhayo Naimova 09.06.20252 daqiqa o'qiladi
87

O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida 10–16 iyun kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sababli sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi — Oʻzgidromet rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lumotga ko‘ra, yomg‘irlar intensivligining oshishi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfini kuchaytiradi. Rasmiylar fuqarolarni, ayniqsa dam olish maqsadida tog‘li joylarga borayotganlarni va haydovchilarni ogohlikka chaqirmoqda.

Sel xavfi kutilayotgan hududlar quyidagilar:

Qashqadaryo viloyati — Yakakent, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari.

Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari.

Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand shahri va tumani, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari.

Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari.

Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari.

Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

Farg‘ona viloyati — So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari hamda Shohimardon hududi.

Andijon viloyati — Andijon shahri, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari, shuningdek, Xonobod shahri.

Oʻzgidromet ma’lumotiga ko‘ra, yomg‘irlar ayrim hududlarda ko‘p miqdorda yog‘ishi va suv to‘planishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa pastqam joylarni suv bosishiga olib keladi.

Mutasaddilar aholini, ayniqsa, tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolarni va dam olish maqsadida safarga chiquvchilarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *