2025-yil 10-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Qatar terma jamoalari oʻrtasida futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvi munosabati bilan Chilonzor tumanining qator koʻchalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 16:00 dan boshlab musobaqa toʻliq yakunlangangunga qadar quyidagi yoʻnalishlarda transport harakati to‘liq to‘xtatiladi:
Choʻponota koʻchasi: Chilonzor va Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Choʻponota – Qatortol koʻchalari kesishmasigacha;
Chilonzor koʻchasi: Chilonzor va KXAY koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Muqimiy koʻchalari chorrahasigacha;
Bunyodkor 2-darajali koʻchasi: KXAY koʻchasidan Muqimiy koʻchasigacha boʻlgan qismi.
Shuningdek, tadbir davomida quyidagi koʻchalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:
Alisher Navoiy – Furqat koʻchalari chorrahasi;
Sebzor – Ganga koʻprigidan Furqat koʻchasi tunneliga tushish yoʻli;
Zarqaynar koʻchasi tunnelga tushish yoʻli;
Bunyodkor koʻchasi: Kamolon koʻprik ostidagi qism;
Bunyodkor koʻchasi: Ozarboyjon elchixonasi yaqinidagi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish;
Qatortol – Cho‘ponota koʻchalari chorrahasi;
Chilonzor – Cho‘ponota koʻchalari chorrahasi (bir necha joyda);
Bunyodkor – KXAY koʻchalari chorrahasi;
Bunyodkor 2-darajali yo‘li – Qatortol koʻchalari chorrahasi;
Bunyodkor – Gavhar koʻchalari chorrahasi;
TXAY – Bunyodkor koʻchalari chorrahasi;
Erkin YPX postidan og‘ir yuk mashinalarining oʻtish yoʻli;
Cho‘ponota – Shota Rustavelli koʻchalari chorrahasi.
Rasmiylar yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilarga aylanma va yondosh yo‘llardan foydalanishni tavsiya etmoqda.