Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Vetnam ikki farzand siyosatini bekor qildi

Vetnam ikki farzand siyosatini bekor qildi

Vetnam sog‘liqni saqlash vazirligi seshanba kuni mamlakatda 1988-yildan beri amal qilib kelgan ikki farzand siyosatini rasman bekor qilganini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Endilikda har bir oila bolalar soni, ularning tug‘ilish vaqti hamda oraliqlarini mustaqil belgilashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu qaror tug‘ilish darajasining ketma-ket pasayib borayotgani fonida qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2021-yilda ayol boshiga o‘rtacha 2,11 nafar bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2,01 ga, 2023-yilda 1,96 ga, 2024-yilda esa 1,91 ga tushdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa aholining o‘zini yangilash darajasi hisoblangan 2,1 dan past.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Demografik tendensiyalar ayniqsa Xanoy va Ho Chi Minh shaharlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylarga ko‘ra, Vetnam 2007-yildan beri «oltin demografik davr»da bo‘lib, bu davr 2039-yilgacha davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 2042-yilga kelib mehnatga layoqatli aholining soni cho‘qqiga chiqishi, 2054-yildan boshlab esa pasayishi prognoz qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Sog‘liqni saqlash vazirligi tanlov asosida homiladorlikni to‘xtatishga qaratilgan choralarni ham ko‘rmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 2024-yilda har 100 qizga 112 o‘g‘il bola to‘g‘ri kelgani qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylar jins tanlash uchun sun’iy aralashuv holatlariga qarshi jarimalarni 3,800 AQSh dollarigacha oshirishni taklif qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Vetnam hukumati demografik muvozanatni tiklash va iqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun bu o‘zgarishni zarur deb hisoblamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat