Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Iyun osmoni: sayyoralar paradidan to to‘lin Oygacha

Iyun osmoni: sayyoralar paradidan to to‘lin Oygacha

Astronomlarning ma’lum qilishicha, 2025-yilning iyun oyida osmon kuzatuvchilari uchun bir nechta muhim hodisalar sodir bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularning ayrimlarini oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Eng yirik voqealar oyning oxiriga to‘g‘ri keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

1-iyun kuni Venera tonggi osmonning eng yorqin yulduziga aylanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U 20 daraja balandlikda, sharqiy osmondan ko‘rinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu kuni Oy ham Mars bilan yonma-yon chiqadi — bu hodisa oddiy ko‘z bilan kuzatiladigan go‘zal manzara hosil qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

8-iyun – Yupiter bilan Merkuriy bir-biriga yaqinlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularni tongda osmonning past qismidan ko‘rish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

11-iyun – to‘lin Oy.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu kecha Oy to‘liq yoritiladi va tun bo‘yi osmonni yoritib turadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

17-iyun – Mars Regulus yulduziga juda yaqinlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qizil sayyora va yorqin yulduz birga ko‘rinib, osmonni bezaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

19-iyun – Oy uchinchi chorak fazasida Saturn va Neptunga yaqinlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Astrologlarning aytishicha, bu kun salbiy energiyalar kuchli bo‘lishi mumkin, shu bois sog‘likka ehtiyot bo‘lish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

21-iyun – Quyosh turishi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni va astronomik yozning boshlanishidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Quyosh osmonning eng baland nuqtasiga chiqadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

23-iyun – Oy Uran va Pleyadalar yulduz turkumiga yaqinlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

25-iyun – Yangi Oy.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu kecha Oy ko‘rinmaydi, chunki u Yer bilan Quyosh orasida bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu sababli osmon kuzatuvlar uchun eng qulay holatda bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

27-iyun – Oy Merkuriyga yaqinlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularni tongda, past osmon chizig‘idan ko‘rish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

30-iyun – Oy qisqa muddatga Marsni to‘sib qo‘yadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq bu hodisa faqat Janubiy Amerikadan ko‘rinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Iyun oxiri – sayyoralar mini paradi: Tongda Venera, Saturn, Uran va Neptun bir qatorda paydo bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kechqurun esa Mars osmon yuzida ko‘rinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Merkuriy va Yupiter Quyosh nuri sababli bu davrda ko‘rinmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat