Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Namanganda Nexia-3 daraxtga urilib yonib ketdi

Namanganda Nexia-3 daraxtga urilib yonib ketdi

25-may kuni kechqurun Namangan shahrida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Soat 20:49 atrofida “Yangi asr” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-112 yo‘lining 87-kilometrida Nexia-3 rusumli avtomobil daraxtga borib urildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Haydovchi — 2006 yilda tug‘ilgan, “Alpomish” mahallasida yashagan yigit boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi archa daraxtiga borib urilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ To‘qnashuv natijasida avtomobilda yonib chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Soat 21:03 da voqea joyiga yong‘in-qutqaruv xizmati yetib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yong‘in soat 21:05 da fuqarolar va qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hodisa oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan, haydovchi esa voqea joyida halok bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat