Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Milliy bog‘dan 1,5 metrlik ilon topildi

Nilufar Qobilova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
141

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Milliy bog‘ hududidan uzunligi 1,5 metr bo‘lgan ilon topildi. Bu haqda poytaxt Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Boshqarma inspektori voqea joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi. Natijada, tasvirga olingan ilon zaharsiz, ko‘p rangli naqshli poyg‘achi ilon ekanligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi ilonlar O‘zbekistonning turli hududlarida, jumladan yirik shaharlarda ham yashaydi va insonlar hamda uy hayvonlari uchun xavf tug‘dirmaydi.

Bu ilonlar asosan tartibli hayot kechiradi va kemiruvchilar, shuningdek, odamlar va hayvonlar sog‘lig‘iga tahdid soluvchi yuqumli kasalliklar tashuvchilaridan oziqlanadi.

Boshqarma fuqarolardan ushbu turdagi ilonlardan qo‘rqmaslikni va ortiqcha vahimaga tushmaslikni so‘radi.

Oldinroq, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda ham 2 metrlik ilon aniqlangani xabar qilingandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *