Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, biri og‘ir ahvolda

Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, biri og‘ir ahvolda

Joriy yilning 23-may kuni Toshkent shahrida kuchli shamol va changli havo tufayli bir nechta daraxtlar qulab tushdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylarga ko‘ra, ba’zi daraxtlar yo‘lovchilar va avtomobillar ustiga qulab, jiddiy talafot yetkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mahalliy hokimiyat vakillarining bildirishicha, hodisa natijasida ikki fuqaro jarohat olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda «Milliy» telekanalining «Millar» dasturida xabar berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unda aytilishicha, fuqarolardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq qabulxonada hayotdan ko‘z yumgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ikkinchi jabrlanuvchiga bosh miya jarohati tashxisi qo‘yilib, zudlik bilan operatsiya qilingan. Shifokorlarning aytishicha, u hozirda jonlantirish bo‘limida, holati og‘ir, biroq barqaror.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, daraxtlar ostida qolgan bir nechta avtomashinalar ham jiddiy shikastlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylar aholiga kuchli shamol vaqtida daraxt ostida to‘xtamaslikni va ochiq havoda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat