Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Ayrim shaxslarga vaucher beriladi

Gulhayo Naimova 13.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :21

O‘zbekistonda nogiron va yolg‘iz kishilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dastur ishga tushadi

Prezident qarori asosida 2025-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga yetgan shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” nomli yangi ijtimoiy dastur joriy etiladi.

Dastur doirasida birinchi marta quyidagi 5 turdagi xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi:

— Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam

— Uyda qarov xizmati

— Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya

— Kunduzgi qatnov asosidagi qarov xizmati

— Shaxsiy yordamchi xizmatlari

Dastur xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi. Vaucherlar hukumat tomonidan subsidiya shaklida moliyalashtiriladi hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali tarqatiladi.

Vaucherlar quyidagi toifalarga beriladi:

Ijtimoiy-maishiy yordam va kunduzgi qarov xizmati uchun: kambag‘al oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan va parvarishga muhtojlar;

Shaxsiy yordamchi xizmati uchun: I guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojizlar, nogironlar aravachasidan birinchi marta foydalanishga muhtoj shaxslar.

Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrgacha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari qoshida kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ular o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetganlar uchun mo‘ljallangan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *