Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Mubashshir Ahmad Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Nilufar Qobilova 13.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :35

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan bloger Alisher Tursunov 2025-yil 10-may kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

2023-yil avgust oyida u tashkil etgan “Azon New Media” guruhi o‘z faoliyatini to‘xtatgan, keyinchalik 2023-yil noyabrda “Azon Global” axborot portali test rejimida ishga tushirilgan edi. Ammo 2025-yil fevral oyida Tursunov O‘zbekiston IIV tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Tursunovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi va 244-3-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddalar jamoat xavfsizligi va din bilan bog‘liq qonun buzilishlarini qamrab oladi.

Ta’kidlanishicha, Tursunov asos solgan axborot platformalari orqali tarqatilgan ma’lumotlar tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra qonunchilikka zid bo‘lgan. Shu sababli unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2023-yil dekabr oyida u Turkiya hududida qo‘lga olingan va Chatalja tumanidagi Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan. 2024-yil fevral oyida ushbu markazdan chiqarilganiga qaramay, keyinchalik yana qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Ayni paytda mazkur jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *